TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. 2017-yilning 20 yanvar sanasida Tramp qasamyod qiladi. Ushbu munosabat bilan oʻtkaziladigan tantanali marosimda. u mashhur chehralarni emas, balki oddiy xalqni koʻrishni xohlayotganini maʼlum qilgan, deb xabar bergan RIA Novosti axborot agentligi.
""A" roʻyxatidagilar deb atalguvchi mashhurlarning hammasi mening inauguratsiyamga chipta olishni xohlamoqda, ammo ular Xillari Klinton uchun nima qildi? Hech nima! Men esa odamlarni koʻrishni xohlayman", — deb yozgan milliarder oʻzining Twitter ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
The so-called "A" list celebrities are all wanting tixs to the inauguration, but look what they did for Hillary, NOTHING. I want the PEOPLE!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 23 dekabrya 2016 g.
Bu bilan Tramp AQShda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida mashhurlarning aksariyati Xillari Klintonni qoʻllab-quvvatlaganini, ammo Demokratik partiyadan Amerika prezidentligiga nomzodga bu "qoʻllash" foyda bermaganiga pisanda qildi.
Eslatib oʻtamiz, Donald Tramp 8 noyabr kuni AQShda boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi.