Putin anjuman yakunlanishi arafasida jurnalistlarga tanbeh berdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti o‘zining katta-anjumani oxirlarida jurnalistlarni odamlarning shaxsiy hayotiga suqilmaslikka, amaldorlarni esa kamtarroq bo‘lishga chaqirdi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Putin mansabdorlarni kamtarroq bo‘lishga da’vat qilar ekan, "qanday davlatda yashayotganlikni tushunish, anglash kerak", — deya ta’kidladi.

Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin qay holatda yana prezident bo‘lishi mumkinligini aytdi
Anjuman davomida Putinga muhabbat to‘g‘risida savol berishga urinishdi. "Agar biz siz bilan bu yerda uzoq o‘tirib qolsak, muhabbat bir zumda nafratga aylanishi mumkin", — deya hazil qildi prezident muxbirga.

Vladimir Putin shuningdek, jurnalistlarni odamlarning shaxsiy hayotiga suqilmaslikka chaqirdi. Rossiya rahbari unga bu borada ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotganini aytdi. "OAV bizlarga bosim o‘tkazmoqda" deyiladi aksariyat arznomalarda, shu bois sizlarni ehtiyotkorroq bo‘lishga chaqiraman", — dedi u.

Rossiya va Xitoy munosabatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Putin ularni "o‘ta yuqori" deb baholadi. "Xalqaro sahnada ko‘plab masalalar yuzasidan qarashlarimiz umumiydir", deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.

Putindan shuningdek, shu yil mobaynida yo‘l qo‘ygan xatosi haqida ham so‘rashdi. Rossiya prezidenti bu savolga: "Yo‘l qo‘ygan xatodan tegishli xulosa chiqarib, kelajakda samarali ishlash muhim" deya javob qaytardi.

Rossiya prezidenti oxirgi savoldan so‘ng "Bo‘ldi! Matbuot-anjumani tugadi", — deya yakunladi va zalni tark etdi.

Yangiliklar lentasi
0