TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 2016 yil 9 oyi davomida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya bo‘yicha 14ta ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi "O‘zbeknavo" matbuot-xizmati.
Hisobotda qayd etilishicha, ushbu vaqt davomida 2074 nafar san’atkorga litsenziya berilgan.
Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olmoqchi bo‘lgan 50 nafar san’atkorga rad javobi berilgan.
Konsert va tomosha tadbirlarini tashkil etish uchun bir martalik ruxsatnoma berish bo‘yicha esa 29 ekspert komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, 554 kishiga bir martalik ruxsatnoma berilgan, 11 arizachining arizasi rad etilgan.