Tezkor xabar: Maltada 118 yo‘lovchisi bor Liviya samolyoti garovga olindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolyot
Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Garovga olingan samolyotda 118 kishi borligi aytilmoqda

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga qarashli bortida 118 kishi bo‘lgan samolyot garovga olingan bo‘lishi mumkin, hozirda havo kemasi Maltaga qo‘ngan, deb xabar berdi RIA Novosti Reyter agentligiga asoslanib.

Xabarga ko‘ra, ikki kishi samolyotni portlatish bilan tahdid qilishgan, ularning talabi hozircha noma’lum. Boshqa xabarga ko‘ra, bortda bir nafar qurolli shaxs bo‘lib, agarda talablari bajarilsa, yo‘lovchilarni qo‘yib yuborishini aytmoqda.

Malta bosh vaziri Jozef Muskat o‘zining Twitterdagi rasmiy sahifasida Liviya samolyoti olib qochilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabardor qilinganini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0