TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Liviyaning Afriqiyah Airways samolyotini garovga olganlar taslim bo‘lishdi, deb xabar berdi RIA Novosti Malta bosh vaziri Jozef Muskatga asoslanib.
"Garovga olganlar taslim bo‘lishdi, ular tintuv qilindi va soqchilar nazoratiga olindi", — deb yozdi u o‘zining Twitterdagi sahifasida.
Muskat ekipajning so‘nggi a’zolari jinoyatchilar bilan birgalikda samolyotni tark etishganini yozgan.
Ma’lumotlarga asosan, 109 nafar yo‘lovchi samolyotni tark etgan. Samolyotda jami 118 kishi – 111 yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lganligi aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, samolyotni olib qochganlar Liviyaning sobiq yetakchisi Muamar Kaddafiyning o‘g‘li Sayf al-Islomning turmadan ozod qilinishini talab qilishgan.