TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga qarashli samolyot ikki nafar shaxs tomonidan garovga olingani haqida xabar bergandik.
RIA Novostining Malta bosh vaziri Jozef Muskatga tayanib xabar berishicha, samolyot bortida bo‘lgan 109 nafar kishi samolyotni tark etishgan.
Samolyotda jami 118 kishi – 111 yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lganligi aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, samolyotni olib qochganlar Liviyaning sobiq yetakchisi Muamar Kaddafiyning o‘g‘li Sayf al-Islomning turmadan ozod qilinishini talab qilishgan.