ShHT milliy koordinatorlari Pekinda yig‘ilishdi

Obuna bo‘lish
Milliy koordinatorlar ShHT kun tartibining qator masalalari yuzasidan fikr almashdilar

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Xitoyning Pekin shahrida 20-23 dekabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar koordinatorlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan tashkilot faoliyatining dolzarb masalalari, jumladan Ostona shahrida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda Qozog‘istonning ShHTda raisligi doirasida bo‘lajak boshqa tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Majlisda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda imzolangan Hindiston va Pokistonning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot tinglandi.

Milliy koordinatorlar ShHT kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Yangiliklar lentasi
0