TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Liviyaning Afriqiyah aviakompaniyasi samolyotini egallab olganlar o‘zlarining "Al-Fotih al-Jadid" guruhiga mansub ekanliklarini aytishgan, deb xabar berdi RIA Novosti "Al-Bilod" yangiliklar portaliga asoslanib.
Ma’lumotga ko‘ra, samolyotni olib qochganlar Liviyaning sobiq yetakchisi Muamar Kaddafiyning o‘g‘li Sayf al-Islomning turmadan ozod qilinishini talab qilishgan.
Noma’lum shaxslar Liviyaning Sabxa shahridan Tripoliga parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyotini egallab olishdi va uchuvchilarni Maltaga parvoz qilishga majburlashdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, bortda 111 yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.