"O‘ztransgaz"ga yangi rahbar tayinlandi

Obuna bo‘lish
Kompaniyaning ilgarigi boshqaruv raisi boshqa ishga o‘tganligi ma’lum qilinmoqda

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, kompaniya boshqaruv raisligiga yangi rahbar tayinlandi.

Xabarga ko‘ra, "O‘ztransgaz" AK boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan Mahmudov Shukurullo Nasimxonovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruviga Shoismatov Ergash Rahmatullayevich yangi rais etib tayinlangan.

"O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasi respublikaning butun hududlarini qamrab oladigan 13027,1 ming km magistral gaz quvurlaridan foydalanadi va qo‘shni davlatlar – Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston gaz transport tizimiga chiqishlarga ega.

Kompaniyaning 2012-2017 yillar uchun rejalaridan magistral gaz quvurlari obyektlari va gaz taqsimlash tarmoqlari qurilishi, qayta tuzilishi, zamonaviylashtirilishi (modernizatsiyalanishi) va texnik jihatdan qayta ta’minlanishi bo‘yicha ishlarni yanada kengaytirish o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0