So‘nggi 5-yilda O‘zbekiston armiyasida zo‘ravonlik holatlari qayd etilmadi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston harbiylari
O‘zbekiston harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xizmatga chaqiriluvchilarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi zo‘ravonlikka qarshi kurash jarayonidagi muhim omillardan biri bo‘lmoqda

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 5-yil davomida armiya saflarida birorta ham zo‘ravonlik (dedovshina) holatlari qayd etilmadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi vakili Sputnik muxbiriga Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy o‘zbek armiyasida harbiy xizmatga chaqiriluvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

"O‘zbekiston armiyasi saflarida keyingi 5-yilda kaltaklash, zo‘ravonlik holatlari qayd etilmadi. Bunday natijaga bir yilda bir marta chaqiruv tizimiga o‘tish orqali erishildi. Ya’ni armiyada xizmat qilayotganlar yangi kelgan chaqiriluvchilar bilan uchrashishmaydi. "Qariyalar" yosh harbiylarga ta’sir o‘tkaza olmaydilar, chunki ular birinchi bo‘lib harbiy xizmatni tark etganlaridan keyin ularning o‘rniga yangi yoshlar keladi", — dedi Mudofaa vazirligi vakili.

Bundan tashqari, suhbatdoshning aytishicha, xizmatga chaqiriluvchilarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi zo‘ravonlikka qarshi kurash jarayonidagi muhim omillardan biri bo‘lmoqda.

O‘zbek harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-dekabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

An’anaga ko‘ra, harbiy muassasalar xizmatga chaqirilayotgan yoshlar va armiyada xizmat qilayotganlar sonini e’lon qilishmaydi. Global Firepowerning tadqiqotiga ko‘ra, O‘zbekiston hozirda Markaziy Osiyoda eng qudratli harbiy davlat bo‘lib, jahonning eng kuchli armiyalari reytingida o‘zbek armiyasi 54-o‘rinda qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi saflarida 65 ming yaqin harbiy xizmat qiladi, mamlakatning harbiy budjeti esa yiliga 70-80 million dollar atrofida.

Yangiliklar lentasi
0