O‘zbekiston poyabzal sanoatida MDHda yetakchi bo‘lmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishPoyabzal ishlab chiqarish
Poyabzal ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin yillarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni nafaqat qo‘shni davlatlarga eksport qilish, balki Rossiya, Turkiya va Xitoyga yetkazib berish hajmini oshirish hamda yangi bozorlar, jumladan Yevroittifoq mamlakatlari bozoriga kirib borish rejalashtirilgan

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston charm-poyabzal sanoati yaqin to‘rt yil ichida 1,68 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiriga "O‘zbekcharmpoyabzali" assotsiatsiyasi vakili.

Bu esa respublikaga poyabzal va charm mahsulotlari ishlab chiqarishda MDH davlatlari orasida yetakchi o‘ringa chiqish imkonini beradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni nafaqat qo‘shni davlatlarga eksport qilish, balki Rossiya, Turkiya va Xitoyga yetkazib berish hajmini oshirish hamda yangi bozorlar, jumladan

Yevroittifoq mamlakatlari bozoriga kirib borish rejalashtirilgan.

"Charm-poyabzal sanoatini 2020-yilga qadar yanada rivojlantirish bo‘yicha yaqinda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dasturda soha oldidagi yangi vazifalar belgilab berilgan. Unda eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtiruvchi yangi quvvatlarni yaratish ko‘zda tutilgan. Biroq bunga keng miqyosda xorij investitsiyasi va texnologiyasini jalb etish evaziga erishish mumkin. Masalan, hozirda ushbu sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan Rossiya, Xitoy va Turkiya tadbirkorlari bilan aloqalarni kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdamiz", — dedi manba.

Xalqaro charm buyumlari ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston poyabzalchilari xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yevropalik qator hamkorlar, xususan, Italiya, Fransiya va Ispaniya mamlakatlari bilan loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Yaqin to‘rt yil ichida jami 29,1 million juftdan ortiq poyabzal, 2,99 milliard kvadrat detsimetr ishlangan charm, 35,6 million dollarlik turli charm mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Suhbatdoshning ta’kidlashicha, bunda, mazkur ko‘rsatkichlar shunchaki mo‘ljal bo‘lib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilsa mo‘ljaldagidan ko‘prog‘iga erishish mumkin.

Bugungi kunda o‘zbek tomoni bir qator mahalliy va xorijlik investorlar ishtirokida investitsiya loyihalarini tayyorlab qo‘ydi. Masalan, 2020-yilgacha qiymati 76,5 million dollarlik 59 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Eng asosiysi, ulardan 37tasi yangi quvvatlarni yaratishga (60 million dollarga yaqin), qolgan 22tasi esa mavjudlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga (16 million dollardan ortiq) yo‘naltiriladi.

Muvaffaqiyatli investitsion loyiha sifatida joriy yilda 1 million dollardan ortiq mablag‘ evaziga tubdan rekonstruksiya qilingan "MM Gudvill" charm-poyabzal zavodini ko‘rsatish mumkin. Natijada korxonada 3 million kvadrat detsimetr charm xom ashyosini qayta ishlovchi qo‘shimcha quvvat yaratildi.

Mamlakatda kelasi yili 6,7 million dollarlik 11 investitsion loyihani amalga oshirish evaziga 385 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0