TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Kecha Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida, “Sog‘lom ona va bola yili doirasida “Shirinton bolajon” foto tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Kamolot" yoshlar harakati.
“Shirintoy bolajon” fotosuratlar onlayn tanlovi O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazildi. Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bosqichda, ota-onalar yoki professional fotosuratchilar 0-14 yoshli bolalar foto suratlarini tanlovning Facebook va Instagrammdagi sahifalarida omma e’tibori uchun joylashtirishdi. Maqsad – imkon qadar ko‘p “layk” olish.
11 dekabrda yakunlangan birinchi bosqichda 1020 kishi ishtirok etdi. Ularning fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali 200 ming kishi tomosha qilgan. Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 20ta fotosurat tanlab olingan.
Ikkinchi bosqichda, tanlab olingan fotosuratlar yordamida Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida uch kunlik fotoko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmaga kelgan bolajonlar va ularning ota-onalarini foydali va qiziqarli seminarlar, master-klasslar kutmoqda.
Tanlov g‘olibini ko‘rgazmada taqdim etilgan fotosuratlar ichidan hakamlar hay’ati tanlab oladi. Natijalar 23-dekabr kuni e’lon qilinadi.
Fotokonkurs tashkil qilishda davlat va jomat tashkilotlaridan tashqari, yosh bolalar uchush mahsulot ishlab chiqaradigan, bir necha xususiy korxonalar ham homiylik qilishdi.
Bugungi fotolentamizda e’tiboringizga birinchi bosqichda eng ko‘p voz to‘plagan 20ta fotosuratni namoyish qilamiz.