TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar bergan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janob Prezident!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin dildan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz.
Sizga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromimni qabul qilgaysiz", — deyilgan maktubda.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti nomiga Bruney Dorussalom Sultoni Hoji Hassanal Bolkiax, Iordaniya podshohi Abdulloh II bin al-Husayn, Moldova Respublikasi prezidenti Nikolae Timofti va boshqalardan qutlov telegrammalari kelgan.