TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Moskvada Iosif Stalinning nabirasi Yevgeniy Jugashvili olamdan o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti tez tibbiy yordam xizmatidan olingan ma’lumot asosida.
80 yoshli Yevgeniy Jugashvili nima sababdan o‘lganligi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Yevgeniy Jugashvili 1936-yilda Stalinning to‘ng‘ich o‘g‘li Yakov oilasida dunyoga kelgan. Ma’lumoti bo‘yicha — harbiy.
Qiziqarli ma’lumotlardan biri — Jugashvili bobosining sha’nini himoya qilgan holda turli OAVlar bilan ko‘plab marotaba sudlashgan. 2015-yilda esa "Mening bobom — Stalin. U — avliyo!" deb nomlangan xotira kitobini nashrdan chiqargan. Shuningdek, otasi, Yakov Jugashvili haqida suratga olingan filmda Stalin rolini ijro etgan.
Yakov Jugashvili, katta leytenant-artilleriyachi, 1941-yilning iyulida asirga tushgan va 1943-yilning aprel oyida Zaksenxauzendagi konslagerda halok bo‘lgan.