Moskvadagi "Kolomenskaya" metro bekatida portlash sodir bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Lisakov / Mediabankka o‘tishMoskvada "Kolomenskaya" metro bekatida gaz balloni portlashi
Moskvada Kolomenskaya metro bekatida gaz balloni portlashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kolomenskaya" metro bekati vestibulida sodir bo‘lgan portlash oqibatida olti kishi jarohatlandi. Bekat jiddiy zarar ko‘rmagan va yo‘lovchilar kirishi uchun ochiq.

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Moskvadagi "Kolomenskaya" metro bekatida yo‘l ostidan o‘tish joyida sodir bo‘lgan portlashda 6 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bugun ertalab soat 09:20da yuz bergan gaz balloni portlashi oqibatida "Kolomenskaya" metro bekatiga kirish joyida barcha oynalar sinib ketgan.Olti kishi jarohatlangan, ulardan ikki nafari kasalxonaga joylashtirilgan.

Portlash payvandlash ishlari texnik qoidalarga amal qilinmagan holda olib borilgani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Metro bekati jiddiy zarar ko‘rmagan. Ayni damda metro bekatining janubiy vestibuli yo‘lovchilar uchun ochiq.

 

Yangiliklar lentasi
0