TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining yangi reytingida 62-o‘rinni saqlab qoldi.
Yetakchilar uchligi o‘zgarmadi: Argentina (1634 ochko), ikkinchi o‘ringa Braziliya ko‘tarildi (1544), Germaniya uchinchi o‘ringa tushdi (1433). Yuqori o‘nlikka ilgarigiday Chili, Belgiya, Kolumbiya, Fransiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari kirdi.
O‘zbekiston termasi 563 ochko bilan 62-o‘rinda qoldi.
Top 10 Asian nations based on the recently released #FIFA World Ranking (as of December 22, 2016)#TheAFC #OAOG #Football #Asia pic.twitter.com/sOHWiqnDJI
— The-AFC.com (@theafcdotcom) 22 dekabrya 2016 g.
Osiyo futbol konfederatsiyasi a’zolari orasida reytingda O‘zbekistondan yuqorida Eron (29-o‘rin, 814 ochko), Janubiy Koreya (37-o‘rin, 699 ochko), Yaponiya (45-o‘rin, 644 ochko), Avstraliya (47-o‘rin, 641 ochko) va Saudiya Arabistoni (54-, 605 ochko) terma jamoalari turibdi.
Rossiya terma jamoasi reytingda pasayishda davom etdi va 55-o‘rindan 56-o‘ringa tushib, o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchinchi saralash bosqichida guruhda Eron va Janubiy Koreyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.