Jamiyat

Rossiya chegarasini buzgan ayollarga sud hukmi oʻqildi

© Sputnik / Yegor YeremoChegara xizmati ishda
Chegara xizmati ishda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning Omsk viloyatida temiryoʻl ishchilari kiyimida chegaradan noqonuniy oʻtgan Oʻzbekiston fuqarolariga sud hukmi oʻqildi.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Omsk viloyati Isilkul tumani sudi ikki nafar Oʻzbekistonlik ayol ustidan Rossiya JKning 322 moddasi 3 boʻlimiga muvofiq, ushyugan guruh tarkibida davlat chegarasini kesib oʻtishda aybladi.

Oʻtgan yozda, Rossiyaga kirish taʼqiqlangan, ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi 36-yoshli Malikova Zilola va 24-yoshli Arzikulova Saodat Rossiya hududida ishga kirish  maqsadida davlat chegarasidan oʻtishga qaror qilishadi. Ular ushbu

Migrantlarni vaqtinchalik saqlash muassasi - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Rossiyada "zapret"ga tushganlar roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi
maqsadda 2016 yilning 24 avgustida Qozogʻistonning Petropavlovsk shahriga yetib kelib kelishadi. Pul evaziga Malikovaning Qozogʻistondagi tanishi ularga chegarani noqonuniy kesib oʻtishda yordam berishga rozi boʻladi. U keyingi kuni ayollarni temiryoʻl deposiga olib borib ularga temiryoʻl ishchilarining maxsus kiyimini beradi.

Ayollar temiryoʻl ishchilari kiyimida Qozogʻistondan Rossiyaga kelayotgan yuk poyezdiga chiqib olishadi. Fuqarolar chegara nazoratidan oʻtmasdan 26 avgust kuni Rossiyaning Omsk shahriga yetib kelishadi. Shu kunning oʻzida ular Omskda Rossiya FXXsining Chegara xizmati tomonidan qoʻlga olinadi.

Amalga oshirilgan jinoyatlar boʻyicha Arzikulova toʻliq, Malikova qisman oʻz ayblarini boʻyniga olishdi. Sud Arzikulova Sadoqatni 6 oy, Malikova Zilolani — 7 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini berdi. Jazo axloq toʻgʻrilash umumiy koloniyasida oʻtaladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyaga kirish taʼqiqlangan yoki Rossiyadan deport qilingan chet el fuqarolari yana Rossiya hududiga qaytib kelishsa urinib, chegaradan noqonuniy oʻtsa — ushbu holat jinoiy javobgarlikka tortiladi va qoidabuzarlarga 3 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0