Hodisalar

Gaz balloni portlashi oqibatida olti kishi jarohatlandi

© Sputnik / Yakov Glinskiy / Mediabankka oʻtishGaz ballonlari
Gaz ballonlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻsh shahrida gaz balloni portlashi tufayli jarohatlangan er-xotin, ularning uch nafar qizlari hamda oilaning keksa qarindoshi zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida seshanbadan chorshanbaga oʻtar kechasi gaz ballonining portlashi natijasida olti kishidan iborat oila kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Xabarda aytilishicha, hodisa natijasida er-xotin, ularning uch nafar qizlari hamda oilaning keksa qarindoshi jarohatlangan va ular zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, 34 yashar oila boshligʻi tanasining 20 foizi kuygan; 28 yashar ayol — 50-52%, 10 yashar qizaloqlar — 4-8%; yetti yashar qizaloqning bitta qulogʻi toʻliq hamda qoʻl terisining 2-3%i; 62 yashar qarindoshlarining esa — tanasining 6-8 foizi kuygan.

Gaz ballonining portlashiga nima sabab boʻlgani ayni vaqtda nomaʼlum.

Yangiliklar lentasi
0