TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkentda Moskvaga uchayotgan “Aeroflot” kompaniyasi samolyoti, texnik sabablarga koʻra yana Toshkent aeroportiga qaytishga majbur boʻldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Axborot agentligi aytishiga koʻra, havo kemasi qanotining harakatlanadigan orqa qismi (zakrыlki) oʻz joyiga kelmagani sabab boʻlgan. Shuning uchun N1871 raqamli parvoz, texnik nosozlik aniqlangan vaqtda, Qozogʻiston osmonida boʻlgan. Bir soat davomida samolyot Toshkent aeroportiga qaytgan.
Samolyot bortida 154 yoʻlovchi boʻlgan, ularning hech biri zarar koʻrmasdan samolyotni tark etishdi. Yoʻlovchilarning bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi, yana bir qismi esa — aeroportni tark etishdi.
Parvoz 20:00ga qadar kechiktirildi. Ayni damda Toshkent aeroportida samolyot tekshiruvdan oʻtmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oxirgi 10 kun ichida bu ushbu yoʻnalishdagi “Aeroflot”samolyotlari bilan sodir boʻlgan ikkinchi texnik nosozlikdir. 12 dekabr kuni rossiyalik aviatashuvchi layneri texnik nosozlik tufayli, parvoz boshlanganidan 10 minut oʻtib Toshkent aeroportiga qaytishga majbur boʻllgan edi.
Oʻtgan safar layner yoʻlovchilari bir sutka oʻtib Moskvaga uchib ketishgan, parvozdan voz kechgan yoʻlovchilarga esa chiptalar puli qaytarib berilgan edi.