Nyu-York va Istambulga bepul bagaj miqdori kamaytirildi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston Havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab Nyu-York va Stambul yo‘nalishidagi parvozlarda bepul olib o‘tish mumkin bo‘lgan yuk miqdorini o‘zgartirdi.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" Nyu-York va Istambul yo‘nalishlariga "ekonom klass" yo‘lovchilari uchun bepul olib o‘tishi mumkin bo‘lgan yuk miqdorini kamaytirdi.

Toshkent — Nyu-York — Toshkent yo‘nalishida:  

ekonom klass uchun, har biri 23 kg dan ortiq bo‘lmagan 2 bagaj o‘rni;
biznes klass uchun, har biri  32 kg dan ortiq bo‘lmagan 2 bagaj o‘rni;

Ayni damda har ikkala klass uchun bepul olib o‘tish mumkin bo‘lgan yuk miqdori — 32 kg ni tashkil qiladi.  

Toshkent — Istambul — Toshkent yo‘nalishida esa:

ekonom klass uchun, har biri 35 kg dan ortiq bo‘lmagan 2 bagaj o‘rni;
biznes klass uchun, har biri  40 kg dan ortiq bo‘lmagan 2 bagaj o‘rni;

Bugungi kunda har ikkala klass yo‘lovchilari uchun bepul olib o‘tish mumkin bo‘lgan yuk miqdori — 40 kg ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya umumiy qoidalarga ko‘ra har bir bagaj o‘rniga uch tomoni umumiy o‘lchasmi 158 sm dan ortiq bo‘lmagan yuklar qabul qilinadi. 2017-yilning 1-yanvar kuni, yo‘lovchilar chiptalarida ko‘rsatilgan yuk miqdori bilan qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0