Rossiya BRHXS va ShHT mamlakatlari valyutalarida obligatsiyalar chiqaradi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dmitriy Medvedev Rossiya hukumatiga BRHXS va ShHT mamlakatlari milliy valyutalarida davlat obligatsiyalari chiqarish huquqini beruvchi qaror imzoladi.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya hukumati davlat obligatsiyalarini  BRHXS va ShHT mamlakatlari milliy valyutalarida chiqarishi mumkinligi haqida qaror imzoladi.

“Men obligatsiya va federal zaymlarni emissiya qilish va ularni sotuvga chiqarish tartibiga o‘zgarish kiritish haqida qaror imzoladim. Bu yerda ikki narsa muhim: birinchidan – biz federal obligatsiyalarni nafaqat Rossiya rublida, balkim  bizga yaqin (do‘stona munosabatda) bo‘lgan, ya’ni BRHXS va ShHT mamlakatlari valyutalarida chiqarish huquqiga ega bo‘ldik”, — dedi Medvedev.

“Bizning korxonalarni moliyalashtirish uchun imkoniyat cheklangan sharoitda, qo‘shimcha moliyalashning bunday manbai borligi juda qo‘l keladi. Qo‘shimcha qarz olish va moliya manbaalaridan foydalanish imkoni borligi — strategik jihatdan o‘ta muhimdir. Rossiya qonunchiligi va moliya institutlari ushbu faoliyatda – biz suyangan ustun bo‘lishadi”, — deb qo‘shimcha qildi bosh vazir.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Rossiya  xalqaro valyuta bozorida qarz olganda yoki davlat obligatsiyalarini joylashtirganda asosan Yevropa valyuta bozoridan foydalanar edi. 2014-yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shilishini tan olmagan Yevropa mamlkatlari, Rossiyaga qarshi turli sanksiyalar kiritishdi, jumladan xalqaro valyuta bozorlarida Rossiyaga qarz berish imkoniyatini qat’iyan cheklab qo‘yishgan edi.

Arzon foizli valyuta kreditlari hajmi cheklanishi va neftning narxi tushib ketishi oqibatida — Rossiyada qisqa vaqt ichida dollar va yevro kursi salkam 2 baravar oshib ketgan edi.  

Shundan keyin,  xalqaro savdo-sotiqda Rossiya, dollar yakkahokimligidan imkon qadar mustaqil bo‘lish siyosatini olib bormoqda. BRHXS va ShHT mamalakatlari bu borada Rossiya bilan hamfikr.

Yangiliklar lentasi
0