TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Bugun “Bolalar-bolalarga” nomli xayriya dasturi doirasida, Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litseyining Katta zalida an’anaviy Yangi yil konserti bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu konsert yordamida to‘plangan barcha mablag‘ Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti be’morlariga qimmatbaho tibbiyot vositalari sotib olish uchun sarflanadi.
“Yangi yil xayriya konserti o‘tkazish an’anasi 2012-yilda paydo bo‘lgan edi. Ushbu konsert dasturlarida asosiy ishtirokchilar bolalar bo‘ldi, to‘plangan mablag‘ esa kasallarga yordam uchun yuborildi. O‘shanda “Bolalar-bolalarga” tadbiri doirasida Toshkentda Uspenskiy nomli litsey O‘smirlar simfornik orkestri sahnaga chiqqan edi. Ushbu konsert muvaffaqiyatli bo‘lganidan keyin u har oy o‘tkazila boshladi. Har yilgi konsert o‘ziga xos dasturga ega bo‘lib, sahnada mumtoz, djaz va simfonik musiqa asarlaridan iborat edi”, — deb izoh berishdi konsert tashkilotchilari.
Ushbu konsertlar yordamida 25 million so‘m mablag‘lar to‘plashga muvaffaq bo‘lindi va ushbu mablag‘ hisobidan 80ta ampula qimmatbahao dorilar sotib olindi, shuningdek davolanishga muhtoj bo‘lgan Uspenskiy nomli litsey o‘qituvchilariga ham kerakli yordam ko‘rsatildi.
Odatga ko‘ra, konsert ishtirokchilari, o‘qituvchilar va ota-onalarning o‘zlari Gematologiya ITIga o‘zlari borib, sotib olingan ushbu ampulalarni o‘sha yerda davolanayotgan bolalarga o‘zlari topshirishadi. Shuningdek, bolalarga konsertda yozib olingan disklar ham topshiriladi, chunki ularning o‘zlari konsertni shaxsan tinglay olishmaydi. Bolalar kimdir ular uchun g‘amxo‘rlik qilayotganidan xursand bo‘lishadi. Shuning uchun ham ushbu tadbirning shiori — “Bizning kuchimiz — birlikda”.
Bugungi konsert dasturida “Nihol” davlat premiyasi sovrindori – Uspenskiy nomli O‘smirlar simfonik orkestri ishtirok etadi. Orkestrga yoshlarning sevimli murabbiyi professor V.Neymer rahbarlik qiladi. Dirijer – to‘rtinchi sinf o‘quvchisi Asadbek Ayubjanov. Konsert dasturida O‘zbekiston va chet el kompozitorlari asarlari ijro etiladi.
Shuningdek, ushbu konsertda qatnashish uchun litsey bitiruvchilari, xalqaro konkurslar laureatlari Nilufar Muxiddinova va Muxriddin Sayfiddinovlar ataylab Toshkentga kelishgan.
“Bolalar – bolalarga” loyihasi bugungi kunda faqat mahalliy musiqachilar bilan cheklanib qolmay boshqa mamlakat musiqachilari bilan ham hamkorlikni kengaytirmoqda. Bugungi kunga qadar tadbir doirasida o‘tkazilgan konsertlarda Janubiy Koreya, Germaniya, Turkiya va Fransiyalik musiqachilar ishtirok etishdi. Mashhur musiqachi, Rossiya xalq artisti Yuriy Bashmetning ushbu konsertda ishtirok etishi alohida e’tiborga sazovor.
Undan tashqari bir necha xalqaro konkurslar laureati “Meros” ansambli Germaniya shaharlarida ham "Bolalar – bolalarga” tadbiri doirasida bir necha xayriya konsertlari o‘tkazishdi.