O‘zbek bokschilari neft mamlakatlari jahon kubogida medallarga erishdilar

© olympicboxing.uzFarman Salmanov xotirasiga o‘tkazilgan XIV jahon kubogi
Farman Salmanov xotirasiga o‘tkazilgan XIV jahon kubogi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turnirda 10 vazn toifasida Osiyo va Yevropaning 14 mamlakatidan 130dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi sotsialistik mehnat qahramoni Farman Kurban o‘g‘li Salmanov xotirasiga bag‘ishlab 14-18 dekabr kunlari o‘tkazilgan boks bo‘yicha neft mamlakatlari XIV jahon kubogidan medallar bilan qaytishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston boks federatsiyasi

Iqboljon Xoldarov 64 kilogrammgacha vazn toifasida finalda rossiyalik Aleksey Mazur ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

75 kilogrammgacha vazn toifasida esa Isroil Madrimov rossiyalik Aleksandr Agafonovdan ustun keldi.

© olympicboxing.uzFarman Salmanov xotirasiga o‘tkazilgan jahon kubogi
XIV Kubok mira po boksu neftanix stran pamati Farmana Salmanova - Sputnik O‘zbekiston
Farman Salmanov xotirasiga o‘tkazilgan jahon kubogi

49 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Mironshoh Ibragimov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mirazizbek Mirzaxalilov (56 kggacha) va Ulug‘bek Mubinov (91 kgdan ortiq) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Turnirda 10 vazn toifasida Osiyo va Yevropaning 14 mamlakatidan 130dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0