Men bolalikdan uzoqda ko‘ringan, poyezd yoki avtomobil oynasidan bir lahzaga ko‘z oldimdan o‘tgan bolalar bilan qo‘l silkitib ko‘rishishni yaxshi ko‘rar edim. Men qo‘l silkitganimda, bolakaylar ham albatta xursand bo‘lib menga javoban qo‘l silkitishar va bundan men judayam baxtiyor bo‘lar edim. O‘sha vaqtlarda kattalarga qo‘l silkitishga jurat qilmasdim, chunki ular "kattalar" edida.
O‘shandan beri bir necha o‘n yillar o‘tgan bo‘lsada, men haligacha qo‘l silkitishni yaxshi ko‘raman. Endi men barchaga qo‘l silkitaman: maktab o‘quvchilariyu talabalarga, bozordagi sotuvchilariga, darvoza oldida o‘tirgan qariyalarga, yuk mashinalari haydovchilariga, umuman hammaga. Albatta, men ularni tanimayman, ular yaxshi odammi yoki yomon odamligini ham bilamayman, lekin aksariyat hollarda men qo‘l silkitishimga ular ham javoban qo‘l silkitidi va bir lahzaga bo‘lsada — barchamiz baxtiyor bo‘lamiz.
Bugun sizlarga O‘zbekistonning turli burchaklarida olingan mana shunday baxtiyor sur’atlarimni taqdim etaman. Ularni tomsha qilib, birgina qo‘l silkitish barchani, xuddi bolalikdagidek baxtiyor qilishiga amin bo‘lishingiz mumkin.
Hammangizga salom!
MyTashkent.uz sahifasi materialari asosida tayyorlandi.