Nikulindan imtihon olgan nufuzli teatr oliy o‘quv yurtlari domlalari unga bir ovozdan – bu yosh yigitning yuz tuzilishi kinoga to‘g‘ri kelmaydi, u hech qachon kinoga tusha olmaydi degan qarorga kelishgan.
Rejisser Leonid Gayday uni Nikulinning g‘amgin ko‘zlari va o‘zi o‘ta jiddiy bo‘la turib boshqalarni kuldirishi hayratga solganligini tan olgan edi.
Nikulin dastlabki chiqishlarida Moskva sirkida akter Mixail Shuydin bilan birga sahnaga chiqqan edi. Sirkda Yuriy Nikulin doimo tomshabinlarning sevimli qahramoni edi. Nikulin Sovet Ittifoqida o‘ta mashhur komik “Qalam”ning (Karandash) shogirdi edi.
Nikulinga eng katta shuhrat keltirgan asarlar bu – Leonid Gaydayning uch bezori haqidagi “I” operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” qisqa metrajli filmlari bo‘ldi. “Kavkaz asirasi” kinokomediyasi esa akterni yanada mashhur qildi. “Brilliant qo‘l” filmi ssenariysi esa — ataylab Nikulin uchun yozilgan edi, chunki uning qahramoni hayotda aynan Nikulinnig o‘ziga o‘xshagan biroz soddadil va lekin ko‘ngilchan edi.
Nikulin nafaqat komik rollarni ijro etgan. O‘z ijodi davomida Nikulin “Muxtar”, “Urushsiz 20 kun” kinofilmlarida jiddiy tragik rollarni ham ijro etgan.
Rolan Bikovning «Chuchelo» (Tasqara) filmida Nikulin o‘z akterlik mahoratini butunlay boshqa tomonidan namoyish qiladi. Ushbu filmda Nikulin shahardan qishloq maktabiga o‘qishga kelgan Lena (Kristina Orbakayte) ismli qizchaning bobosi rolini ijro etadi.
2000 yilda Nikulin 50-yildan ortiq ishlagan Moskva sirki binosi yonida me’mor Rukavishnikov ijodiga mansub Nikulin haykali paydo bo‘ladi. Unda Nikulin “Kavkaz asirasi” filmida suratga tushgan usti ochiq avtomobil yonida tasvirlangan.