TOShKENT, 17 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama o‘z tarafdorlarining qanchasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlashayotganini bilsa, Amerikaning sobiq prezidenti, respublikachi Ronald Reygan o‘z go‘rida chappa ag‘darilgan bo‘lishini ma’lum qildi.
"Saylovlardan keyin tadqiqot o‘tkazilgan edi, unga ko‘ra respublikachi-saylovchilarning 37%i Putinni qo‘llab-quvvatlashayotganiga guvoh bo‘ldik. Respublikachilarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i Putinni,E sobiq KGB xodimini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Ronald Reygan go‘rida chappa ag‘darilardi", — deb ta’kidlagan Obama Vashingtonda juma kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi matbuot-anjumani vaqtida.