Moskvaga mashinada kirish pulli bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMoskvadagi halqa yo‘li
Moskvadagi halqa yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida sutkaning ma’lum bir vaqtlarida harakatlanish va shaharga kirishni cheklash hamda Moskvaga kirishni pulli qilish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Davlat dumasi hududiy va mahalliy hokimiyatlarga shaharning ma’lum bir hududlariga kirishni pulli qilish huquqini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, xususan, hududiy va mahalliy hokimiyatlar yo‘ldagi harakat samaradorligini oshirish uchun to‘lov undirish orqali transport vositalarining harakatini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash huquqiga ega bo‘ladi. OAV ekspertlari shu tarzda sutkaning ma’lum bir vaqti yoki ma’lum bir kunlarda Moskvaga kirish pulli bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

Umuman olganda, hukumatning fikricha, Rossiyada yo‘l harakatini tashkillashtirish bo‘yicha bazaviy qonun loyihasi yo‘llardagi harakat samaradorligini va harakat xavfsizligini oshirishga xizmat qilishi lozim.

"Qonun loyihasi yo‘llarda transport va piyodalar oqimining uzluksiz harakatini ta’minlash uchun huquqiy asos yaratadi hamda harakatlanish vaqtida xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Shu maqsadda yo‘l harakatiga muvofiq keladigan asosiy ko‘rsatkichlar hisoblab chiqilmoqda, yo‘llarda obyekt va qurilmalarni joylashtirish shartlari aniqlanmoqda, vaqtinchalik harakatni cheklash yoki transport vositalari harakatini to‘xtatish bo‘yicha qo‘shimcha talablar ishlab chiqilmoqda", — deyiladi komitet xulosasida.

Transport oqimini kamaytirish uchun shahar markaziga kirishni pulli qilish xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladi.

Mazkur usul London, Singapur, San-Fransisko, Milan, Stokgolm kabi yirik shaharlar hamda Tronxeym (Norvegiya), Darem (Britaniya), Riga (Latviya), Valetta (Malta) kabi kichik shaharlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. 

Gonkongda 1985-yilda shahar parlamentida ovoz berish natijalariga ko‘ra mazkur usulni qo‘llashdan voz kechilgan. Edinburgda ikki yillik amaliyotdan so‘ng (2003-2005 yillar) shaharga pul to‘lab kirish bekor qilingan. Ayrim mamlakatlarda (Germaniya va Fransiya) shaharga mashinalar kirishini cheklash uchun avtoturargohlar soni kamaytirib boriladi hamda ulardan foydalanganlik uchun to‘lov miqdori oshib boradi.

Boshqa mamlakatlar (Avstraliya, Daniya) esa avtomobillarga har bir kilometr yo‘l bosgani uchun yagona soliq to‘lovini joriy etgan.

Yangiliklar lentasi
0