Haydovchining pulini tortib olgan zo‘ravonlar ushlandi

© StringerMilitsiya xodimi
Militsiya xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchini qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qilgan ikki shaxs qo‘lga olindi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIBga Samarqand shahrida yashovchi 30 yoshli fuqaro murojaat qilib, ikki noma’lum shaxs undan pul talab qilishganini ma’lum qildi.

Jabrlanuvchi avtomashinalar turarjoyida o‘ziga qarashli yuk mashinasida dam olib o‘tirganida, ikki noma’lum shaxs uning yoniga kelishadi va kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib pul talab qilishadi. Har ikki talonchi mast holatda bo‘lishgan.

Ichki ishlar xodimlarining tezkor tergov-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olindi va sodir etilgan talonchilik to‘liq fosh etildi. Ular Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar ekanligi aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0