Samarqandda yuzlab eshaklar kim tomonidan va nima maqsadda so‘yildi?

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Samarqandda eshaklar go‘ristoni yo‘q qilinmoqda
Samarqandda eshaklar go‘ristoni yo‘q qilinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidan topilgan ko‘plab miqdordagi eshaklarning jasadlari kim tomonidan va nima uchun so‘yilgan? Buni aniqlash maqsadida IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Samarqand shahri tashqarisidagi Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ko‘p miqdorda eshak jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, mushuklar va yovvvoyi qushlar borligi aniqlandi, deb xabar qilingan Samarqand viloyat hokimligi rasmiy saytida.

Xabarda aytilishicha, 2016-yilning 5-dekabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Tedeyev murojaat qilib, Samarqand shahri Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ommaviy tarzda yirik shoxli hayvonlarning jasadlari va turli qoldiqlari tashlab yuborilganligini hamda mazkur holat o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning epidemiyasiga olib kelishi mumkinligini bayon etgan.

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Samarqandda eshaklar go‘ristoni yo‘q qilinishi
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda eshaklar go‘ristoni yo‘q qilinishi

Bundan tashqari mazkur holat joriy yil 6-dekabrida jurnalist T.Rahmatullayevning feysbukdagi sahifasida yoritilgan.

Murojaat yuzasidan viloyat hokimi boshchiligida DSENM bosh vrachi, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi, veterinariya, favqulodda vaziyatlar, yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, Samarqand tumani hokimi hamda masalaga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida voqea joyi borib o‘rganildi. Bu yerda ko‘p eshak miqdorda jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, mushuklar va yovvvoyi qushlar borligi aniqlangan.

Eng dahshatlisi, suv havzasi yaqinida qo‘lbola usulda loydan uylar va turli binolar qurilgan bo‘lib, suyaklarni kuydirish uchun mo‘ljallangan qo‘lbola pech, suyak maydalovchi yasama tegirmon borligi ham kuzatilgan.

Hokimlik axborotida ta’kidlanishicha, hududdagi nobarqaror sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash hamda aholi va hayvonlar o‘rtasida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalib ketishining oldini olish maqsadida viloyat hokimi raisligida masalaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande

Yig‘ilishda Samarqand shahri Xishrav qo‘rg‘oni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidagi holat atroflicha muhokama qilinib, yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigiyenik vaziyatning sodir etilishiga yo‘l qo‘yganligi va ushbu holatni oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rmaganligi uchun tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan. Shuningdek ularga tuman bo‘limi rahbarlarini egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi masalasini ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan.

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Samarqandda eshaklar go‘ristoni yo‘q qilinishi
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda eshaklar go‘ristoni yo‘q qilinishi

Yig‘ilish qaroriga asosan shuningdek, chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigiyenik vaziyatni qayta o‘rganib chiqish va tegishli tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tashkil qilingan.

Ta’kidlanishicha, Xishrav qo‘rg‘onidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida to‘planib qolgan hayvonlar jasadlari va suyak qoldiqlari veterinariya-sanitariya meyori talablari asosida utilizatsiya qilingan. "Akvatoriyadagi suv chuqur laboratoriya tahlilidan o‘tkazilib, atrofda dezinfeksiya va zararlantirish ishlari olib borilgan. Hududni barcha noqonuniy qurilma va bino inshootlardan tozalash hamda kelgusida aniq shaxsga ijaraga berib, obodonlashtirish reja-tadbiri tasdiqlandi", — deyiladi xabarda.

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande

"Ishchi guruh viloyatdagi barcha suv havzalari, shahar chiqindixonasi atrofini xatlovdan o‘tkazib, fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish choralarini ko‘rmoqda", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Xishrav qo‘rg‘onidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida holatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini olib borilib, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilmoqda. Hududda jamoat tartibi va “pasport-viza” rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi doimiy guruh faoliyat olib borayapti.

Yangiliklar lentasi
0