Rossiyada ommaviy sayyohlik yo‘nalishlari jiddiy o‘zgarmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskva, Qizil maydon
Moskva, Qizil maydon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tahliliy markaz xabariga ko‘ra, Rossiya aholisi oldin ommaviy bo‘lgan Turkiya va Misrdan voz kechib, Xitoy va Tailand kabi kam xarajatli va xavfsiz mamlakatlarga ko‘proq sayohat qila boshlagan.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Tashqi siyosat va iqtisoddagi mushkulotlar 2016-yilda Rossiyalik turistlarning chet elga sayohatlarini jiddiy ravishda cheklab qo‘ydi, deb xabar qilmoqda Rossiya  Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Tahliliy markaz.

"Rublning qadri tushib ketishi va bir necha ommaviy yo‘nalishlarning berkitilishi, chet elga qilinayotgan sayohatlar o‘rtacha narxini 2015-yilda 37%ga va 2016-yilning yanvar-oktabrida yana 16 %ga oshirdi. Natijada turistik xizmatlar bozori hajmi 2013yilgidan 25% pastga tushib ketdi. Aholining ayrim qismi tashqi turizm o‘rniga dam olishning boshqa turlaridan foydalanishdi", — deyilgan xabarda.

Turisti na ostrove Olxon - Sputnik O‘zbekiston
Turisti na ostrove Olxon
Tahlilchilar fikriga ko‘ra, 2013-yilda chet elga amalga oshirilgan sayohatlar soni 100 kishiga o‘rtacha 37 sayohat to‘g‘ri kelgan edi. Ushbu ko‘rsatkich Rossiyaning tashqi turizm bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoriga qo‘shdi. 2015-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 20%ga kamaydi. Kamayish aksariyat holda Tailand (- 46,0%), Yunoniston(- 45,6%), Ispaniya (‑ 39,2%) va BAA (- 36,0%) mamalakatlari hisobidan bo‘ldi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu mamalkatlarga sayohatchilar soni kamayishi aksariyat hollarda iqtisodiy sabablarga ko‘ra, ya’ni rublning kursi tushishi natijasida bo‘lgan. Ukraina (- 35,2%), Misr (- 22,1%) va Turkiya (- 17,9%) kaabi mamalkatlarga esa, turistlar soni kamayishining aosiy sababi, bu — geosiyosiy vaziyat bo‘ldi.

2016 yilning 6 oyida Rossiyaliklarning chet elga bo‘lgan sayohatlari 13%ga kamaydi. Kamayish aksariyat Turkiya va Misr hisobidan bo‘ldi. Shuningdek eng ommaviy yo‘nalishlar ham biroz o‘zgardi. Bu yil rossiyaliklar kam xarajatli va xavfsiz yo‘nalishlarga ko‘proq sayohat qila boshladi. Bular Kipr (+49,2%), Xitoy (+ 44,9%) va Tailand (+ 24,2%) bo‘ldi.

Turisti na steklyannoy smotrovoy platforme v kitayskoy provinsii Xunan - Sputnik O‘zbekiston
Turisti na steklyannoy smotrovoy platforme v kitayskoy provinsii Xunan
Ichki turizm

Rosturizm xabariga ko‘ra, turistik sayohatlar soni 2015-yilda 50 mlnga yetgan. Bu 2014-yilga nisbatan 20%ga ko‘p bo‘lsada ushbu sohada Juda katta muammolar bor: transport, mehmonxona va boshqa infraqurilmaarning rivojlanmaganidir. Shu sababli bugungi kundi ichki turizmni rivojlantirish uchun izchil harakatlar qilinayotgan bo‘lsada, aholining aksariyat qismi kelasi yildan Turkiya va Misr qirg‘oqlari tomon shoshilishi ehtimoli katta.    

Ekspertlar fikriga ko‘ra, Rossiya mamllakatga kelayotgan sayyohlar soni bo‘yicha, yetakchi mamlakatlar o‘ntaligiga kiradi. Rossiyaga eng ko‘p kelayotgan fuqarolar- MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari, shuningdek Polsha, Finlyandiya, Xitoy va Germaniya fuqarolaridir. Oxirgi yillardaRossiyaga kelayotgan sayyohlar soni oshib borayotgan bo‘lsada, ular uchun yetarli qulayliklarga ega bo‘lgan infraqurilma hajmi cheklangan. Shuning uchun ushbu sohada katta o‘sish bo‘lishiga ishonish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0