O‘zbekistonda birinchi etiket maktabi ochildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTuzatilgan stol
Tuzatilgan stol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Angliyaning yetakchi etiket maktabi hisoblangan The English Manner xizmatlaridan rasmiy hukumat vakillari, diplomatlar, oqsuyaklar va hatto qirol oilasi vakillari ham foydalanishadi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Buyuk Britaniyaning yetakchi etiket maktablaridan biri bo‘lgan The English Manner 2017-yilning yanvarida Toshkentda o‘zining rasmiy vakolatxonasini ochmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Buyuk Britaniyada ushbu maktab katta muvaffaqiyat qozongan bo‘lib, ularning mijozlari orasida rasmiy hukumat vakillari, diplomatlar, oqsuyaklar va hatto qirol oilasi vakillari ham bor. Shuningdek ushbu maktab bilan dunyoning yetakchi oliygohlari va Chopard, Chanel, Louis Vuitton, Maserati kabi kompaniyalari hamkorlik qilishadi.

O‘zbekiston hududida Intelligent Perception ta’lim markazi ushbu Britaniya maktabining vakili vazifasini bajaradi.  Toshkentda vakolatxona ochish jarayoni bir yildan ortiq vaqt talab qildi.

“Vakolatxona ochish uchun bir necha marta tashrif uyushtirish, franshiza talablarini bajarish, Intelligent Perception xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish hamda xalqaro trening dasturini O‘zbekiston mahalliy urf-odatlarga moslashtirish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi”, — deyilgan maktabning rasmiy murojaatida.

Maktabning Toshketdagi vakolatxonasida 6 yoshli bolalardan boshlab katta yoshli turli doira vakillari uchun mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar 10-15 kishilik guruhlar hamda individual tarzda o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek kerak bo‘lganda Intelligent Perception xodimlari joylarga chiqib alohoda kompaniya xodimlari uchun mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin. Mashug‘lotlar yakunida o‘quvchilar The English Manner tomonidan tasdiqlangan sertifikat olishadi.

O‘quv mashg‘ulotlari 2017-yilning fevralida boshlanadi, ro‘yxatdan o‘tish esa allaqachon boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0