TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Rossiyaning bir necha hududlarida joylashgan o‘zbekistonliklar jamoat tashkilotlari O‘zbekiston prezidenti shavkat Mirziyoyevga tabrik xati yo‘llashdi.
“Saylovda sizga ko‘rsatilgan umumxalq ishonchi, bu sizning O‘zbekiston farovonligi yo‘liga qilgan mehnatingizga berilgan munosib baho bo‘ldi”, — deyilgan tabrik xatida.
Xatda shuningdek, o‘zbekistonliklar ijtimoiy uyushmalari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanligi aytib o‘tilgan.
Tabrik xati Rossiyaning 36 viloyatida joylashgan o‘zbekistonliklar ijtimoiy uyushmalari rahbarlari tomonidan imzolangan.