TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan “Vuzpromekspo-2016” an’anaviy milliy ko‘rgazma-forumida UDNTU mutaxassislari yangi turdagi chuqur burg‘ilash nasoslari shtangalari chidamliligini oshiradigan texnologiya taqdim etishdi.
Ufalik injenerlar taklif qilgan ushbu texnik uslublar — shtangalar quvvatini oshirib ularning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, neft qazib olish skvajinalarida nasos uskunalarining buzilishi, ko‘p hollarda, nasos shtangasining bosh qismida bo‘lar ekan. Shtangalar boshining yemirilishiga asosiy sabab – materiallar “charchashi” va umumiy konstruksion yetishmovchiliklar ekan.
“Yer yuzidagi neft qazib olish skvajinalarining aksariyati chuqurlik nasoslari bilan jihozlangan. Oddiy chuqurlik nasoslarining o‘ziga xos kamchiliklari ham bor — bu ularning shtangalarining bosh qismidagi konstruksion va texnologik yetishmovchiliklar”, — deydi UDNTU injiniring va loyihalashtirish bo‘limi boshlig‘i Ruslan Rabayev.
Rabayev aytishiga qaraganda, odatda, nasos shtangalari bir-biriga bobishkalardagi buramalar (rezba) orqali ulanadi. UDNTU injenerlari o‘ylab topgan uslubda esa, bobishkalar hajmi kichraytirilib, shtangalar bir-biriga induksion qizdirish yordamida ulanadi. Bunday texnologik uslub shtanga mustahkamligini oshiradi.
“Biz o‘ylab topgan yangi uslub, neft qazib olish tannarxini tushiradi va “qora oltin” qazib olayotgan ko‘plab mamlakatlarda qo‘l kelishi mumkin, jumladan Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham”, — dedi Rabayev.
UDNTU ishlab chiqargan nasos shtangasi mustahkamligi uni odatiy nasoslardan ko‘ra yanada chuqurroq neft quduqlariga tushirib, neft qazib olish samaradorligini oshirish imkonini beradi.