Siyosat

Rossiya oʻz Grin-kartasini taklif qilmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka oʻtishMoskva
Moskva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyalik deputatlar Rossiyada yashash huquqini beradigan lotereyani kiritishni taklif qilishmoqda

TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Leningrad viloyati Qonunchilik kengashi deputatlari Rossiya Davlat Dumasiga yangi qonunchilik loyihasini taqdim etmoqchi. Ushbu yangi qonunchilik loyihasi maxsus lotereyani yutib olgan chet el fuqarolariga Rossiyada yashash huquqini taqdim etishni nazarda tutadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya fuqaroligini olish byurokratiyadan mutlaq xoli boʻlishi kerak - Putin
Xabarga muvofiq, Leningrad viloyati Qonunchilik kengashi deputatlari "Rossiya Federatsiyasidagi chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirishlar kiritish taklifi bilan chiqishgan.

Yangi loyiha eslatmasida ushbu lotereya chet elliklarning ixtiyoriy ravishda Rossiyaga koʻchib kelishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini belgilaydi, deyilgan.

Rossiya Grin-kartasi gʻolibi xuddi AQSH Grin-kartasi gʻolibi singari kabi kompyuter yordamida aniqlanishi taʼkidlanmoqda. Lotereya gʻolibiga esa Rossiyada yashash huquqini beruvchi hujjat taqdim etiladi.

Loyiha mualliflariga koʻra, lotereya oʻyinida Rossiya Federal hukumati tomonidan tasdiqlangan mamlakatlar aholilari ishtirok etish huquqiga ega boʻladi. Deputatlarning aytishicha, ushbu roʻyxatdan emigratsiya darajasi oʻta past boʻlgan davlatlar oʻrin olishi mumkin.

Tashabbus mualliflari lotereya oʻyinlarini mutlaqo bepul tashkil etishni taklif qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0