O‘ho‘! Yetti kunning eng muhim 7 xabari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftaning eng muhim xabarlari qatoridan: Toshkent ahli yodida "chegirmalar jumasi" emas, balki "qora juma" sifatida muhrlangan antiqa aksiya, o‘n yilliklar davomida xizmat qilib kelgan va bugungi kunda o‘zbekistonliklar bilan "vidolashayotgan" "Ilich chiroqlari" va boshqa qiziqarli xabarlar o‘rin oldi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Hurmatli mushtariylar, dekabr oyining o‘tgan 7 kuni davomida eng qiziq bo‘lgan xabarlarni ixtiyoringizga havola qilamiz.

Biroz o‘xshamagan "chegirmalar jumasi"

AQSh va Yevropa mamlakatlarida Rojdestvo bayramidan 2-3 hafta  oldin "chegirmalar jumasi"  yoxud "qora juma" bo‘lib o‘tadi. Bu kunda aksariyat savdo markazlarida ko‘plab kiyim va boshqa mahsulotlar ulkan — 80% gacha bo‘lgan chegirmalar bilan sotiladi. 9-dekabr kuni Toshkentdagi "Samarqand darvoza" gipermarketida ham ilk bor shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Xaridorlar u yerda va’da qilingan ulkan "skidkalar"ni topa olishmagan bo‘lsa-da, lekin parkovka va savdo markazi ichidagi "ura-ur" va tiqilinch haqiqiy "qora juma"ga o‘xshadi. To‘g‘ri, kamchiliklarsiz bo‘lmadi, ammo bunday an’anaga tamal toshini qo‘yishning o‘zi yaxshi ish, degan fikrdamiz.

CC BY 2.0 / Roderick Eime / ShoppingToshkentda "chegirmalar jumasi": nailoj, o‘xshamadi
Jenshina s pokupkami v rukax  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "chegirmalar jumasi": nailoj, o‘xshamadi
2017-yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarligini qabul qilganidan keyin avval boshlab internet qabulxona ochgan edi. Ushbu ish judayam samarali bo‘lib, 2 oy ichida 218 ming murojaat kelib tushdi. Aksariyat murojaatlarda ko‘rsatilgan muammolar tez vaqt ichida samarali hal qilindi. Shundan keyin Mirziyoyev barcha shahar va tumanlarda "xalq qabulxonalari" ochishni, barcha rahbarlardan "xalqqa yaqinroq bo‘lib, uning dardiga quloq tutishni" talab qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda "Davlat xizmati to‘g‘risida" qonun ishlab chiqarilmoqda, unga ko‘ra, o‘z vazifasiga layoqatli bo‘lmagan amaldorlar ma’muriy va jinoiy jazoga tortilishi mumkin. Yangi yilning "xalq bilan muloqot yili" deb e’lon qilinishi ushbu yo‘nalishda hali ko‘p yaxshi ishlar qilinishidan darak.

© Facebook2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
2017 yil "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilindi

O‘zbekistonning 99% aholisiga yurak xastaliklari va insult xavf solmoqda

Yaqinda JSST va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tkazgan tadqiqotlar O‘zbekistonning 99% aholisi meyoridan 2-3 baravar ko‘p tuz iste’mol qilishini ko‘rsatdi. Ma’lumki, tuzni ko‘p iste’mol qilish bu yurak xastaliklari va insult kasalligiga olib keladi. Ushbu kasalliklardan yiliga 1,7 mln kishi vafot etadi. O‘zbekistonda eng ko‘p tuz non bilan birga iste’mol qilinadi. Eng xavflisi — non tarkibidagi tuz, odamga unchalik sezilmaydi. Masalan, qalin Samarqand  noni tandirdan uzilib tushmasligi uchun unga juda ko‘p tuz qo‘shiladi.

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston aholisining 99% - juda ko‘p tuz iste’mol qilar ekan
Prigotovlenie 350 litrov uxi na festivale Zolotaya osen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisining 99% - juda ko‘p tuz iste’mol qilar ekan
Alvido, "Ilich chiroqlari"

O‘zbekiston hududida kelasi yildan quvvati 40 Vattdan ortiq bo‘lgan cho‘g‘lanma lampochkalar sotuvi ta’qiqlandi. Sababi — cho‘g‘lanma lampochkalarning samarasizligida. Ularning yoritish samaradorligi (5%) bo‘lib, bunday lampalar asosiy elektr quvvatini (95%) issiqlik energiyasiga aylantirar ekan. Lyuminissentli yoki svetodiodli lampochkalar yoritish samaradorligi 5-10 baravar ko‘p. Ushbu choralar bir necha yil ichida O‘zbekistonda tanqis bo‘lgan elektr energiyasini 40-50 %ga tejab qolish imkonini berar ekan.

Putinning Yaponiyaga tashrifi yoxud "yaponcha diplomatiya" sirlari 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabr o‘rtalarida Yaponiyaga rasmiy tashrif uyushtirishini eshitgan AQShning jahli chiqib ketdi. OAVlar bu tashrif haqida obdon yoza boshlagach, Yaponiya "Putin Yaponiya imperatori Akixito huzurida bo‘lmasligini" e’lon qildi. Shunday yo‘l bilan Yaponiya o‘zining amerikalik ittifoqdoshlariga ushbu tashrif "qaynoq" emasligini namoyish qildi. Ha, Yaponiyaning Kiodo axborot agentligi xuddi shunday deb xabar tarqatdi! O‘zbeklarda bunday diplomatiya — "xo‘jako‘rsinga qilingan ish" deb ataladi. Eslatib o‘tish joizki, Yaponiya imperatori ikkinchi jahon urushidan keyin hech qanday davlat ishlariga aralashmaydi va faqat ramziy ma’nodagi davlat rahbari bo‘lib qolgan.

O‘zbeklarni yig‘latgan qiz — Zulfiya 

Butun dunyo — bir tanu bir vujudligi rost bo‘lmasa, qurigan Orol dengizining tuzi Angliya ustida yomg‘ir bo‘lib yog‘armidi? Inson taqdiri ham xuddi shunday tabiat qonunlariga bo‘ysunar ekan. O‘tgan yili O‘rta Osiyodan minglab kilometr uzoqda bo‘lgan Ispaniyada, halokatga uchragan avtobus qurbonlari orasida o‘zbekiston fuqarolari borligi, yaqinda Rossiyaning uzoq shimoliy shaharlaridan biri bo‘lgan Xanti-Mansiyskdagi YTHda ham opa-singil o‘zbek qizlari  borligi — insonlarni dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi. Sputnik muxbirlari Xanti-Mansiysk fojeasi qurboni bo‘lgan o‘zbek qizlar — Zulfiya Ergasheva va uning opasi Gavhar Ergashevalarning ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlari sahifalarini ko‘zdan kechirib, ikki qizning xayoti va bugun og‘ir ahvolda kasalxonada yotgan Gavharni kim qo‘llab-quvvatlayotgani haqida yozishdi.

ID qaytadan Tadmorni (Palmira) egallab oldi

Barak Obama boshchiligidagi AQSh ma’muriyati o‘z faoliyatini yakunlashiga sanoqli kunlari qoldi. Besh yil davomida belgilangan maqsadga erisha olmagan Amerika yetakchisi ketish oldidan vaziyatni imkon qadar keskinlashtirish niyatida. AQSh boshchiligidagi koalitsiya "ID" jangarilarini Iroqning Mosul hududidan siqib chiqarib, Suriyaning Rakka va Dayr-az-Zor hududlaridan Tadmorga (Palmira) yo‘naltirdi. Harbiy texnika, tanklar, o‘qotar qurollar bilan qurollangan 5 mingga yaqin jangarilar 3-4 kun avval Palmirani qaytadan egallab olishdi. Suriya xaritasiga nazar solsak, Palmira bu juda muhim joy. Birinchidan u Iroq chegarasiga yaqin, demak cheklanmagan miqdorda, qurol-aslaha, jangarilar bilan ta’minlash mumkin. Ikkinchidan: Palmira atrofida eng boy neft konlari bor — bu esa terrorchilik faoliyatini davom ettirish uchun tayyor pul degani. Uchinchidan — Palmira yonidan Damashqni Dayr-az-Zor va Iroq bilan bog‘lovchi o‘ta muhim transport magistrallari chorrahasida joylashgan.

ID qaytadan Palmirani egallab oldi

Yangiliklar lentasi
0