Dunyo mamlakatlari rahbarlari qasamodi qanday kechadi

© Sputnik / Bondarenko Sergey, Otrabayev Bola / Mediabankka o‘tishQozog‘iston prezidenti qasamod qilmoqda
Qozog‘iston prezidenti qasamod qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qasamodi tadbiri turli davlatlarda turlicha o‘tkaziladi. Misol uchun, musulmon davlatlarida davlat rahbarlari muqaddas kitobga qo‘lini qo‘ygan holda qasamod qilsa, ayrim mamlakatlarda ushbu tadbirga unchalik ahamiyat berishmaydi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugun Shavkat Mirziyoyev Qur’on va Konstitutsiyaga qo‘lini qo‘ygan holda qasamod qildi.

Ya’ni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani bilan tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va MSK shahodatnomasini topshirgach, Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman", deya qasamod qildi.

© Press-slujba prezidenta Respubliki UzbekistanMSK Raisi Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topshirdi
Inaguratsiya prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
MSK Raisi Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topshirdi

Boshqa rahbarlar qanday qasamod qiladilar?

Albatta, prezident qasamodi turli davlatlarda turlicha tarzda kechadi. Misol uchun, AQSh prezidenti qasamod qilar ekan, Oliy sud raisi aytgan so‘zlarni takrorlashi kerak. Tadbir har yili bir xil sanada — 20-yanvarda Vashingtondagi Kapitoliy oldida o‘tkaziladi. Prezident ommani o‘z dasturi bilan tanishtirgach, tantanali parad, so‘ngra bal o‘tkaziladi. AQShda so‘nggi qasamod tadbiri 2013-yilning yanvarida o‘tkazilgan. Barak Obama Linkoln Injiliga qo‘lini qo‘ygan holda qasamod qilgan. Ushba tadbirni 2 mlndan ortiq kishi kuzatgan.

© AFP / JEWEL SAMADAQSh prezidenti qasamod tadbiri
Inauguratsiya prezidenta SShA Baraka Obami - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti qasamod tadbiri

Qasamod tarixi

Davlat rahbarining o‘z lavozimiga rasman kirishishi tadbiri AQShda dunyoga kelgan. 1801-yilda AQShning 3-prezidenti Tomas Jefferson Kapitoliy senatida ilk bor qasamod nutqi bilan chiqish qilgan. O‘sha vaqtdan boshlab bu jarayon an’anaga aylangan.

Markaziy Osiyo rahbarlari qanday qasamod qiladilar?

Albatta, Markaziy Osiyo davlatlarida qasamod jarayoni Yevropadan farqli o‘laroq ancha tantanali kechadi. Misol uchun, Qozog‘iston Prezidenti o‘z xalqiga qasamod qilar ekan, o‘ng qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yadi. Shundan so‘ng davlat bayrog‘iga yaqinlashib, uning old tomonini o‘padi. Shundan so‘ng Qozog‘iston madhiyasi ijro etiladi va Oqo‘rda ustida Qozog‘iston bayrog‘i ko‘tariladi. Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi yangi rahbarga prezidentlik guvohnomasini topshirgach, prezident nutq so‘zlaydi va so‘ngra mamlakat Qurolli kuchlari tomonidan tashkil etilgan paradni qabul qiladi.

Turkmanistonda ham ushbu tadbir tantanali o‘tkaziladi. Misol uchun 2008-yilda qasamod qilgan Gurbanguli Berdimuhammedovga mo‘l-ko‘chilik ramzi bo‘lmish — dasturxonga o‘ralgan non, Qur’on hamda Turkmanistonning birinchi prezidenti, 2006-yilning 21-dekabrida favqulodda vafot etgan Saparmurod Niyozov tomonidan yozilgan "Ruhnoma" asari taqdim etilgan. Gurbanguli Berdimuhammedov, bundan tashqari, turkman xalqining birdamligini anglatuvchi sovg‘a — kamalak o‘qdonni ham qabul qilib olgan.

Tojikiston prezidenti qasamod tadbiri esa Dushanbedagi hukumat qarorgohi hududida o‘tkaziladi. Tojikiston milliy madhiyasi yangragach, va prezidentga Prezidentlik nishoni topshirilgach, davlat rahbari bir qo‘lini konstitutsiyaga, ikkinchisini ko‘ksiga qo‘ygancha qasamod keltiradi. Xuddi shu kunning o‘zida mamlakatdagi markaziy maydonda harbiylar paradi bo‘lib o‘tadi. Harbiylar bosh qo‘mondonga sadoqat ila xizmat qilishga qasamod qiladilar.

 

Janubiy Koreyada esa prezident qasamodi bir palatali milliy kengash binosi oldida o‘tkaziladi. Tadbirda son-sanoqsiz mehmonlar ishtirok etadilar. Ularning barchasi prezident nutq so‘zlaydigan minbar qarshisida yig‘ma kursichalarga o‘tqaziladi. Mabodo, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bo‘lsa, mehmonlarga polietilen plashch tarqatiladi.

Birgina xato prezidentlik kursisidan judo qilishi mumkin

Chexiyada bu tadbirga o‘ta jiddiy qaraladi. Xalq tomonidan saylangan rahbar qasamod qabul qilayotganda kichik bo‘lsa-da xatoga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovlar hisobga o‘tmaydi.

© AFP / RADEK MICAChexiya prezidenti Milosh Zemanning qasamod tadbiri
Inauguratsiya prezidenta Chexii Milosha Zemana - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya prezidenti Milosh Zemanning qasamod tadbiri

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida, diniy institutlar katta kuchga ega. Ya’ni qasamod qabul qilayotgan davlat rahbari qo‘lini muqaddas kitobga qo‘yadi. Va shu tarzda amalga oshirilgan qasamod rasmiy tusga ega bo‘ladi.

Fransuzcha qasamodning o‘ziga xos jihatlari

Yevropa davlatlarida prezident qasamod qilish tadbiri o‘ta odmi va qisqa tarzda kechadi. Misol uchun, Fransiyada prezident umuman qasamod qabul qilmaydi, u vakolatini o‘zidan oldingi prezidentdan qabul qilib oladi.

Ya’ni, Fransiyaning amaldagi va bo‘lajak prezidentlari yarim soat holi qolib, suhbatlashadilar. Shu vaqt oralig‘ida "ketayotgan" prezident o‘z o‘rniga kelgan yangi rahbarga "yadroviy kodlar" va davlatga tegishli boshqa muhim sirlarni topshiradi.

© Sputnik / Vladimir FedorenkoYadro chemodanchasi
Ofitser s yadernim chemodanchikom - Sputnik O‘zbekiston
Yadro chemodanchasi

Qasamod tadbiriga katta ahamiyat qaratmaydigan davlatlar ham bor. Misol uchun, 2000-yilda Meksikada o‘z lavozimiga kirishayotgan Visente Foks ushbu tadbirni Mexiko harobalaridagi qarovsiz bolalar bilan nonushta qilgan holda "nishonlagan".

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0