Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri bo‘ldi

© FacebookAbdulla Aripov
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Abdulla Aripovni O‘zbekiston bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis palatalari majslisida Abdulla Aripov nomzodi O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisning qo‘shma majlisida bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taklif qildi. Abdulla Aripov, o‘z navbatida, Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim qildi.

Deputatlar va senatorlar orasid o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Abdulla Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Ovoz berishda parlament quyi palatasidan 150 deputatdan 142 nafari ishtirok etdi, senatdan esa 100 deputatdan 92 nafari ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi 12-dekabr kuni Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston prezidentiga bosh vazir lavozimiga taklif etgan edi.

Abdulla Aripov 1961-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2002-yildan beri O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Sputnik Abdulla Aripovning haqida shu yerda batafsil xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0