TOShKENT, 14 dek – Sputnik. Shu yilning 16-dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida, Tashqi ishlar vazirligida hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
Xabarda Dunkan O‘zbekiston rahbariyati tomonidan qabul qilinishi bildirilgan.