Xitoylik milliarder AQShliklarni ishsiz qoldirishini aytdi

© AFP / ISAAC LAWRENCEVan Szanlin
Van Szanlin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarderning aytishicha, u AQShga o‘n milliard dollardan ortiq investitsiya kiritgan va 20 ming kishini ish bilan ta’minlagan

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Vashington va pekin o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi 20 ming amerikalikning ishsiz qolishiga olib kelishi mumkin, dedi Xitoyning eng boy kishisi, Dalian Wanda Group korporatsiyasi rahbari Van Szanlin. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xitoy xalqaro radiosining ma’lum qilishicha, bu haqda Van Szanlin AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning "yagona Xitoy" siyosati haqidagi fikrlariga javoban butunxitoy biznes sammitida aytgan.

"Men AQShga o‘n milliard dollardan ortiq investitsiya kiritganman, 20 ming ish o‘rni yaratganman. Agar biror noto‘g‘ri harakat sodir bo‘lsa, bu yigirma ming kishi ishsiz qoladi", — degan xitoylik milliarder.

Ilgariroq Donald Tramp Fox News telekanaliga intervyusida Pekin unga Tayvan bilan munosabatlar masalasida aql o‘rgata olmasligini aytgandi. U AQSh nima uchun "yagona Xitoy" siyosatini ma’qullashi lozimligini tushunmasligini bildirgandi. Bunga javoban XXR TIV vakili Gen Trampning bayonotidan "jiddiy xavotirda" ekanligini bildirib, Tayvan masalasi Xitoyning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligiga masalasi ekanligini aytgandi.

"Xujun" tadqiqot tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, Dalian Wanda korporatsiyasi rahbari Van Szanlinning boyligi 32,1 milliard dollar bo‘lib, u Xitoyning eng boy kishisi sanaladi.

Dalian Wanda ofis va turarjoy binolari qurish, sport, turizm, kino sohasi bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0