TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr rahbari Abdulfattoh As-Sisiga ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan Qohiradagi
ibodatxonadagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi, TIV matbuot xizmati xabariga binoan.
Eslatib o‘tamiz o‘tgan yakshanba kuni Qohiradagi Abossiya ibodatxonasida portlash oqibatida 25 kishi qurbon bo‘lgan va yana 49 kishi jarohatlangan edi. Qurbonlar va jarohatlanganlar orasida bolalar va ayollar bor.
O‘zbekiston rahbari qurbonlar yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq tuzalib ketish istagini bildirdi.