Moskva metrosining eng kriminal bekatlari

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskova metropoliteni
Moskova metropoliteni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, Moskva metrosining bir necha markaziy bekatlarida jinoyat nisbatan ko‘proq sodir etilar ekan.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Moskva metropoliten politsiya bo‘limi xabariga ko‘ra 2016-yilda Moskva metrosida amalga oshirilgan jinoyatlar bo‘yicha 683 ta murojaat kelib tushgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Politsiya vakili aytishiga qaraganda, aslida jinoyatlar umumiy soni bundan 20%ga ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin o‘tgan yillar bilan solishtirganda jinoyatlar soni keskin kamaygan.

"Oxirgi uch yil davomida kissavurliklar soni 2,5 baravar kamaydi", — dedi Moskva metropoliten politsiya bo‘limi boshlig‘i Vladimir Mikulin.

Mikulin aytishiga qaraganda, jinoyat sodir etayotganlarning aksariyati — boshqa shahardan kelgan Rossiya fuqarolaridir. Oxirgi vaqtlarda jinoyatchilar orasida Moskva shahar va Moskva viloyati vakillari soni ham oshmoqda.

Moskva metropolitenida aksariyat o‘g‘irliklar markaziy bekatlarda va halqa yo‘li ichida sodir bo‘ladi:

Metroda it bolaladi - Sputnik O‘zbekiston
Moskva metrosi vagonida it bolaladi

Halqa yo‘lining "Park Kulturi" bekatidan  "Taganskaya" bekatigacha — yil boshidan buyon 60ta;

Serpuxovsko-Timirazevskaya (zangori) yo‘nalishining "Savelovskaya" bekatidan "Chexovskaya" bekatigacha bo‘lgan qismida — 36 ta jinoyat;

Zamoskvoreskaya (yashil) yo‘nalishining "Teatralnaya" bekatidan "Paveleskaya" bekatigacha bo‘lgan qismida, hamda Kalujsko-rijskaya yo‘nalishining "Tretyakovskaya" bekatidan "Novie Cheremushki" bekatiga qadar — 26 tadan;

Politsiya rahbarining so‘zlariga qaraganda, metro bekatlari yaqinida bo‘lgan barcha vokzal va stansiyalar kuchli nazorat ostiga olingan.

Nashr xabariga ko‘ra, yil davomida o‘g‘irlik eng kuchayadigan ikki "mavsum" bor: 1-sentabr oldidan va Yangi yil bayrami oldidan. Yangi yil oldidan boshlanadigan mavsum odatda 17-dekabrdan 31-dekabrga qadar davom etadi.

Politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda transportda o‘g‘irlik amalga oshirishning bir necha ommaviy usullari bor ekan: "Juftlik" usuli — kissavurlar ikki kishi bo‘lishadi, birinchisi vagondan chiqishda keskin to‘xtaydi, orqadan chiqayotgan odamlar siqiladi va o‘g‘rilarning ikkinchisi shu vaqtda "mijoz"ning cho‘ntagini tozalaydi. Shuningdek o‘g‘rilar orasida "kesuvchilar" — sumka va cho‘ntaklarni kesib ichidagi narsalarni olib ketadigan, "yashiruvchilar"  - o‘g‘irlik vaqti qo‘lini plash yoki boshqa kiyim bilan berkitib ish qiluvchilar ham uchrab turishini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0