TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Toshkent — Chirchiq — Chimon yo‘lining uzunligi 20 km bo‘lgan ikki bo‘lagi to‘liq ta’mirdan chiqdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri, O‘zbekiston Moliya vazirligi xabariga asosan.
4R6-sonli avtomobil yo‘lining 66,6 — 76,5 va 80 — 81 kilometrlari kapital ta’mirdan chiqdi. Remont qilingan yo‘lning umumiy maydo 95 ming kv. metrdan oshdi.
2016 yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 512 km avtomobil yo‘llari ta’mirdan chiqadi. Undan tashqari mavjud bo‘lgan avtomobillar turar joylariga 8,7 ming kv.metr asfalt yotqizildi, uzunligi salkam 10 km bo‘lgan yo‘l cheti mustahkamlandi.
Shuningdek, yo‘lning uzunligi 1 km bo‘lgan qismiga svetodiodli yoritish tizimi va metall to‘siqlar o‘rnatildi.