TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari soxta advokat firmasi ochgan fuqaroni hibsga olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 35 yoshli Azizjon Xusenov uzoq vaqt davomida fuqarolarga soxta notarial va advokatlik xizmatlari ko‘rsatib kelgan. Xususan, jinoyatchi turli sud ishlarida fuqarolar huquqlarini himoya qilish uchun ulardan katta pul talab qilgan.
“Toshkent viloyati MXX xodimlari Azizjon Xusenovni poytaxt kafelaridan birida fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan 4,5 ming $ olayotgan vaqtda hibsga olishdi. Ushbu pullar poytaxt sudii iarori bilan davlat foydasiga musodara qilingan, Qibray tumanida joylashgan uy ishi bo‘yicha qabul qilingan sud qaroriga norozilik arizasi yozish uchun olingan. Tabiiyki, jinoyatsi hech qanday huquqiy faoliyat olib borishni rejalashtirmagan va pulni olgandan keyin qochib ketmoqchi bo‘lgan”, — deyilgan xabarda.
Tergov davomida Xusenov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Ushbu ish yuzasidan O‘zbekiston JKning 168 va 211 moddalariga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.