TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Bir necha shriftlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan AQShning Monotype Imaging kompanyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan Astra Linux operatsion tizimiga eng ommaviy bo‘lgan Times New Roman, Arial, Verdana va Tahoma shriftlarini sotishdan voz kechdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Astra Linux yaratuvchilari rahbari Yuriy Sosninning aytishiga qaraganda, amerikalik kompaniya ushbu shartnoma imzolashga boshidan xayrixox bo‘lmagan. Ular shriftlar uchun juda yuqori baho so‘ragan va muzokaralarda ham yetarli faollik ko‘rsatishmagan.
Monotype Imaging kompanyasi dastlab o‘z shriftlaridan foydalanilganda har bir ish o‘rni uchun 650 yevro talab qilishgan, keyinchalik shriftlar soni qisqartirish yo‘li bilan ushbu narxni 130 yevroga tushirilgan. Eng so‘nggi damda esa, Rossiyaga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar bahonasida, "NPO RusBITex" kompaniyasi bilan shartnoma imzolashdan voz kechishgan.
Times New Roman — shrifti 1932-yilda Angliyaning Times gazetasi uchun rassom Viktorom Lerdent tomonidan yaratilgan.
Lerdent o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Plantin shriftini olib, undagi harflarning qatorning har tomoniga chiqib turadigan uzun “dumlarini” qisqartirgan va kerakli joylarda harflardagi chiziqlar qalinligini oshirgan. Natijada sifti past qog‘ozda ko‘zga yaxshi ko‘rinadigan, o‘qishga qulay shrift paydo bo‘lgan.
O‘sha vaqtlardan beri Times New Roman “The Times” nashrining “vizit kartochkasi”ga aylangan. Undan tashqari ko‘plab malkatlarlar ushbu shriftni davlat rasmiy shrifti, diplomatik hujjatlar rasmiy shrifti sifatida rasman qabul qilgan. Windows va Mac OS operatsion tizimlarida ushbu shrift eng birinchi va asosiy shrift sifatida o‘rnatilgan.