Riga Open turnirida O‘zbekistonlik bokschilar 4 oltin medal olishdi

© olympicboxing.uzRiga Open - 2016
Riga Open - 2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh sportchidan iborat O‘zbekiston jamoasi turnirda 4 oltin va bir kumush medal olib - turnirning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘ldi.

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Latviya poytaxtida bo‘lib o‘tgan "Riga Open-2016" turnirida o‘zbekistonlik bokschilar 5 medal sohibi bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi.   

Xalqaro boks turnirida Shvetsiya, Norvegiya, Isroil, Armaniston, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Liva, Estoniya, Latviya va O‘zbekistondan 140 nafar bokschi ishtirok etdi.  Bahslarda 10 komplekt medalar taqdim etildi.

© olympicboxing.uzRigaOpen-2016
RigaOpen-2016 - Sputnik O‘zbekiston
RigaOpen-2016
Musobaqaning final bahslarida bokschilarimiz ishtirokida quyidagi janglar bo‘lib o‘tdi:

52 kg vazn toifasida Sirojiddin G‘ulomjonov Isroillik  David Alaverdiandan mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal sohibi bo‘ldi;

56 kg vazn toifasida Abdulxay Sharaxmatov  Latviyalik Nikita Androshchuksni mag‘lubiyatga uchratdi;

64 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov rossiyalik Anatoliy Zirnov ustidan g‘alaba qozondi;

75 kg vazn toifasida Maxmud Gaipov Belarusiyalik  Ilyas Adzinev ustidan g‘alaba qozondi;

91 kg + vazn toifasida Baxodir Jalolov Latviyalik Evandres Servuts ustidan ishonchli g‘alaba qozondi;

Besh sportchidan iborat O‘zbekiston jamoasi turnirda 4 oltin va bir kumush medal olib — turnirning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘ldi. O‘zbekistonlik Elnur Abduraimov esa — hakamlar tomonidan "Turnirning eng yaxshi bokschisi" unvoniga loyiq deb topildi.

Yangiliklar lentasi
0