TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursultan Nazarbayev, mamlakatda yakka hokimlik tuzimi o‘rnatilganini inkor qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Ha biz prezident boshqaruvi ostidagi respublika. Konstitutsiyada shunday yozilgan. Fransiyada prezident boshqaruv tizimi bundan ham qattiqqo‘lroq. Ayrimlar bizning tizimini har xil nom bilan atashlari mumkin diktator tizimi yoki yakka hokimlik tizimi – bu mutlaq noto‘g‘ri. Buni faqat bizning hayotimizni, bizning sharoitimizni umuman tushunmaydiganlar aytishi mumkin. Ular biz haqimizda faqat gazetalarda o‘qigan”, — dedi Nazarbayev KTK teleknali efirida "25 KZ "Noveyshaya istoriya" filmi yaratuvchilari bilan bo‘lgan suhbatda.
Nazarbayevning fikriga ko‘ra, vaqt o‘tishi va zamon talabi o‘zgarishi bilan davlatni boshqarish tizimi qayt ko‘rib chiqilishi mumkin.
“Bugungi sharoitda bizning hukumat bizning davlat uchun mos. Yangi davrlar, yangi sharoitlar kelganda, yangi masalalarni hal qilish kerak bo‘lganda va xalq yangi boshqaruv tizimini talab qilganda – o‘shanda xalq bilan birgalikda hal qilamiz”, — dedi davlat rahbari.
Nursultan Nazarbayev 1989-yildan buyon Qozog‘istonga rahbarlik qilib kelmoqda. Dastlab u Qozog‘iston Kommunistik partiyasi Markazy Qo‘mitasi raisi, keyin Qozog‘iston prezidenti lavozimlarida ishlab kelmoqda. O‘tgan yilning aprelida bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Nazarbayev 97,75% ovozga ega bo‘lgan edi.