TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi bu yil boshqa joyga — "Anhor-Lokomotiv" ko‘ngilochar bog‘i oldidagi maydonga o‘rnatiladi. Bu haqda "Darakchi" xabar qilmoqda.
Ilgari Yangi yil archasi har yil so‘ngida an’anaviy ravishda Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatib kelinardi.
Ijtimoiy tarmoqdagi "Voditeli Tashkenta" sahifasida Yangi yil archasini o‘rnatish uchun joyni hozirlash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlarining suratlari paydo bo‘ldi.


