O‘zbekistonda tuman shifoxonalarini moliyalashtirishning yangicha tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishShifoxona
Shifoxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda shifoxonalarni bemorlarning joriy soniga ko‘ra moliyalashtirish tizimiga o‘tilishi mumkin

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. 2017-yilda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi "Salomatlik-3" dasturi doirasida tuman shifoxonalarini davolash holatlari bo‘yicha moliyalash tizimini sinovdan o‘tkazishni davom ettiradi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bermoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat tuman shifoxonalari bemorlar uchun ajratilgan o‘rinlar sonidan kelib chiqib moliyalashtiriladi. Dunyoning aksariyat davlatlarida ham yaqin-yaqinlargacha shunday tizim asosida ish yuritilgan. Biroq, endilikda, ko‘plab davlatlar o‘z shifoxonalarini bemorlarning joriy soniga ko‘ra moliyalashtirish tizimiga o‘tmoqda. Bu shifoxonalarni moliyalash uchun ajratilayotgan mablag‘lardan oqilona foydalanish va davolash sifatini oshirish imkonini beradi. Chunki mablag‘ aniq bemorga, uning ehtiyojlari hisobga olingan holda ajratiladi.

Yuqumli kasalliklar shifoxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Bemorlar iltimosiga binoan shifokorlar mukofotlandi

O‘zbekistonda Prezidentning "Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashni takomillashtirish ("Salomatlik-3") choralari to‘g‘risida"gi qarori doirasida Jahon banki Xalqaro taraqqiyot Assotsiatsiyasi moliyaviy hamkorligida mazkur tizimni joriy etish rejalashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda, Beshariq, Oltiariq, Qo‘shtepa tuman markaziy shifoxonalarida ushbu tizimni joriy qilish bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda. Yaqinda mamlakatda loyiha maslahatchilari Karl Kerrol va Karolina Kalanilar bo‘lishib, natijalarni baholash va 2017-yil uchun ustuvor vazifalarni belgilash bo‘yicha ko‘mak berishdi.

Kelasi yilda asosiy e’tibor hisobotlar va ma’lumotlar to‘plash jarayonini takomillashtirishga qaratiladi hamda tizimni joriy qilish va uning ishlashini ta’minlovchi dasturiy ta’minot tayyorlanadi. Shu bilan birga, Salomatlik va tibbiy statistika Instituti bilan hamkorlikda  shifokorlarga yangi uslubda ishlash texnologiyasini tezroq o‘zlashtirishlariga yordam beruvchi maxsus kurslar tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0