Ertaga Senat 2017-yilgi budjetni ko‘rib chiqadi

© Gazeta.uzO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Soliq va budjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ham muhokama qilishadi

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Ertaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi parlament matbuot xizmati.

Senat yalpi majlisining muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi masalalar kiritilgan.

Bundan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Soliq va budjet siyosatining 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonunlar hamda

Oliy Majlis Senatining vakolatlariga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar ham muhokama etiladi.

Yangiliklar lentasi
0