TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Shanba kuni kechqurun Istambulda bo‘lib o‘tgan portlashda 38 kishi qurbon bo‘ldi, 157 kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning so‘zlariga tayanib.
Eng so‘nggii xabarlarga ko‘ra, qurbonlar orasida 30 nafar polsiya xodimi va 8 kishi tinch aholi vakillari bo‘lgan. Operativ harakatlarga ko‘ra terakt tashkil qlishda gumon qilingan 13 kishi hibsga olingan.
Fojea 10-dekabr shanba kuni kech soat 22:30da Stambulning Beshiktash hududida sodir bo‘ldi. Dastlab bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatildi, bundan 45 sekund o‘tib, xudkush-terrorchi o‘zini o‘zi portlatib yubordi.
Juft terakt Vodafone Arena stadioniga kirish joyida, "Beshiktash" va "Bursaspor" futbol jamoalari orasidagi o‘yin yakunida sodir bo‘ldi. Terrorchilar maqsadi — politsiya xodimlari avtobusi bo‘lgan.
Oxirgi vaqtlarda Turkiya hududida teraktlar tez-tez bo‘lib turmoqda. Noyabrda Adana shahrida bo‘lib o‘tgan teraktda 2 kishi qurbon bo‘lib 16 kishi jarohatlangan edi. Shuningdek noyabr boshida Shirnak va Bingle shaharlarida ham portlashlar yuz bergan edi.
Avgust oyida Jizra shahrida ham avtomobil portlatilgan edi. Bundan biroz oldin Derik shahri ma’muriyati binosi oldida ham prortlash yuzberib shahar hokimi jarohat olgan edi.
Bugun Turkiyada ushbu terakt munosabat bilan milliy motam kuni e’lon qilingan.